
Mbappe “Real”dagilarni qanday hayratga soldi?
“Real” klubi o‘yinchilari va xodimlari yangi a’zo Kilian Mbappening o‘zini tutishidan yaxshi ma’noda hayratga tushgani aytilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, 25 yoshli frantsiyalik hujumchi yangi jamoadoshlari va klub xodimlari bilan tanishishda ular bilan juda yaqindan va samimiy muloqot qilgan. Ko‘pchilikka mashhur yulduzning oddiyligi, e’tiborliligi, bor diqqatini ishga qaratgani ma’qul kelgan.
Bundan tashqari, ko‘pchilik frantsiyalik futbolchini ispan va ingliz tillarida ravon so‘zlasha olishini alohida e’tirof etmoqda.
Kilian Mbappe avval o‘z yurtida “Monako” va PSJ klublari sharafini himoya qilgan. Ilk marotaba legionerga aylangan mohir to‘purar “Real”da 9-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, Mbappe har mavsum uchun 30 million evro maosh oladi va samaradorligi bo‘yicha bonusga ham ega bo‘ladi.
Fikrlar