Mbappe PSJga shart qo‘ymoqda

  • 8 iyun, 2021, 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan amaldagi shartnomani faqat bir shart evaziga uzaytirishi mumkin.

Tecno

Le Parisien nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi Parij klubi rahbariyatidan yozgi transferlar davrida tarkibni keskin kuchaytirishini talab qilmoqda. U barcha musobaqalarda g‘olib chiqmoqchi. Kilian o‘zining bu boradagi yakuniy qarorini “Evro-2020”dan so‘ng e’lon qiladi.

Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan. Agar tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirmasa, Kilian bir yildan so‘ng klubni erkin agent sifatida tekinga tark etadi.

Mbappe o‘tgan mavsum PSJ safida jami 47 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 42 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!