
Mbappe Neymardan qo‘rqib yurgan ekan
PSJ rahbariyati va hujumchi Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat barham topgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Unga ko‘ra, Kilian Mbappe klub bilan shartnomani uzaytirishga rozilik bergan va bunga javoban, klub mutasaddilari uni asosiy tarkib mashg‘ulotlariga qaytargan edi.
Jurnalist Santi Aunaning xabar berishicha, Mbappening o‘z fikridan qaytishiga Neymarning klubdan ketayotgani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan ekan.
Ayni paytda 31 yoshli braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga transfer qilinishi kutilyapti. Tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi.
Ma’lumki, Evropa matbuoti ilgari bir necha marotaba Kilian Mbappe klub rahbariyatidan Neymarni sotib yuborishni talab qilgani haqida axborotlar tarqatgan edi.
Fikrlar