
Mbappe nega yaxshi o‘ymayapti? Desham javob berdi
Frantsiya bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappening o‘yini haqida gapirdi.
“Menimcha, Kiliandan havotir olish shart emas. Uning holati hozirda yaxshi. Shunchaki, Mbappe hali ham 100% optimal formasini tiklamagan. Unga bo‘lgan katta e’tibor bunga xalaqit bermoqda. Frantsiya Mbappe bilan kuchliroq. O‘ylaymanki, u bir oydan so‘ng yaxshiroq o‘ynaydi”- dedi mutaxassis “RMC Sport” nashriga.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik yulduz La Ligada 4 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi.
Fikrlar