
Mbappe: "Men Messiga ovoz beraman"
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening fikricha, "Inter Mayami"ning hujumchisi Lionel Messi "Oltin to‘p"ni olishi kerak.
“Oltin to‘p” so‘rovida Leo Messiga ovoz beraman. Individual jihatdan u yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va bu mukofotga loyiq”, - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi "X Football".
O‘tgan mavsum oxirida Messi PSJ bilan Frantsiya chempioni bo‘lgan, Argentina terma jamoasi bilan ham jahon chempionati sovrinini qo‘lga kiritgandi. Messi turnirda ettita o‘yinda ettita gol urib, jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ning taqdirlash marosimi 30 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar