
Mbappe katta taklifga rad javobini berdi
PSJ yulduzi Kilian Mbappe serialda suratga tushish taklifini rad etdi.
Gap shundaki, futbolchiga "Netflix" kompaniyasining "Ten Percent" nomli loyihasida rol ijro etish taklifi berilgan. Ammo frantsiyalik hujumchi band bo‘lgani uchun bundan bosh tortgan, deya xabar bermoqda "Get French Football News" nashri.
Shundan so‘ng serial ijodkorlari bu rolga basketbolchi Toni Parker variantini tanlagan. "Menimcha, u avliyo va ulug‘vor inson",-dedi kartina prodyuseri Dominik Besnear "France Inter"ga bergan intervyusida.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ libosida 34 o‘yinda maydonga tushib, 24 gol va 17 assist muallifiga aylandi.
Fikrlar