
Mbappe “Barsa”ga murojaat yo‘lladi
“Barselona” klubi shifokori Karles Minyarro Garsiya vafot etgan edi. Shu munosabat bilan kataloniyaliklarning “Osasuna”ga qarshi o‘yini noma’lum muddatga qoldirildi.
Shifokorning o‘limi tufayli klubga ta’ziya izhorlari kelmoqda. Ashaddiy raqib – “Real” yulduzi Kilian Mbappe ham bundan chetda qolgani yo‘q. Frantsiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoq orqali kataloniyaliklarga ta’ziya bildirdi.
- Karles, borgan joyingni tinch yot, - deb yozdi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Karles Garsiyaning suratini joylab.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona”ning 27-tur doirasida “Osasuna”ga qarshi o‘yini 26 aprel yoki 21 may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu ikki sanadan biri “Barsa”ning Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogidagi natijalariga ko‘ra tanlanadi.
Fikrlar