
Mbappe, ehtiyot bo‘l!
Argentinalik futbol yulduzi Diego Maradona PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini bildirdi va yosh to‘purarga qimmatli maslahatini berdi.
- Mbappe fantastik hujumchi bo‘lishiga qaramay, hali ancha yosh. U yana o‘sishi uchun ko‘plab uchrashuvlarda ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Kilian bir narsani unutmasligi kerak. Hujumchi uning tizzasini sindirishni mo‘ljallab yurgan himoyachilar hamlasidan ehtiyot bo‘lishi shart. Chunki u juda tez o‘syapti, - deydi Maradona.
Joriy mavsumda Mbappe PSJning beshta uchrashuvida oltita gol urib, uchta golli pas oshirdi.
Fikrlar