
Maykl Ouen: "Barselona" - qari jamoa
Angliyalik sobiq futbol yulduzi Maykl Ouen “Barselona”ning kecha “Napoli” ustidan qozongan g‘alabasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Barselona” Chempionlar ligasi finaliga chiqa oladigan jamoadek ko‘rinmadi. Ularda iqtidorli futbolchilar bor, ammo bu qari jamoa. Ular hujumda u qadar tez harakat qilishmayapti. Ular oldingi “Barselona”ga o‘xshamayapti. Bu jamoa tez orada tarkibni qayta shakllantiradi deb o‘ylayman”, - dedi Ouen.
Endi kataloniyaliklar 14 avgust kuni chorak finalda “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar