Maydonda duch kelsam, Neymarni rosa do‘pposlagan bo‘lardim!

  • 7 iyul, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Oskar Rujeri Braziliya terma jamoasi to‘purari Neymarning Amerika kubogidagi xulqini keskin tanqid qildi.

Tecno

- Neymar maydonda o‘zini tutishni bilmaydi. Agar Jamoasi 4:0ga yutayotgan bo‘lsa ham, ham keraksiz fintlarni ishlatadi, to‘pni maydonning u tomonidan bu tomoniga olib yuraveradi. Peru bilan o‘yinda ham shunday qildi. Neymar boshqalardan ajralib turishi rost, lekin u Messi emas.

Peru yakson bo‘ldi, biroq Neymar ularni qiynashni to‘xtatgani yo‘q.  Buni to‘xtatish uchun men maydonda bo‘lganimda, yaxshilab do‘pposlagan bo‘lardim, - dedi Oskar Rujeri.  

Braziliya - Peru uchrashuvida Neymar jamoasi 1:0 hisobida zafar quchdi.  

Amerika kubogining finalida Argentina va Braziliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Shu kuni Messi va Neymar o‘zaro bir biriga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/07/2021 12:15
Кадрли Оскар Ружери! Дуппослаш керак булса, Узбекистон терма жамоасидан бошланг, сизга жон деб ёрдам берамиз! Узбекистонлик футболчилар дуппосланиш учун энг лойик хайвонлардир! Сизга бутун халкимиз билан кушилиб ёрдам берамиз. Терма ни хам, УФА рахбариятини хам, ва тренерларни хам дуппослаш керак. Боксчиларимиз ва бошка спортчиларимиз хам жон деб кумаклашади!