
Mavsumni Mbappesiz boshlaymiz
“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni kelasi yoz jamoaga qo‘shib oladigan bo‘lyapti.
Marca nashrining yozishicha, ayni paytda Frantsiya terma jamoasi yulduzini olishning imkoni yo‘q. “Real” murabbiylar shtabi yangi mavsumdagi o‘yin taktikalarini Kilian Mbappe ishtirokisiz tuzib chiqmoqda.
Mbappening o‘zi yana bir yil PSJda qolib, sodiqlik uchun atalgan 90 million evro va xizmat haqi sifatida 60 million evroni olib, yoo‘zda Madridga ko‘chib o‘tmoqchi.
PSJ xo‘jayinlari esa, to‘purardan 2025 yilning yozigacha hamkorlik qilish yoki yozda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishni talab qilmoqda.
Fikrlar