
Mashrabjon Ro‘ziboev navbatdagi jangini o‘tkazdi
Ayni daqiqalarda Rossiyaning Moskva shahrida “Open FC 10” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur jang kechasida uch nafar O‘zbekiston vakillari, Nursulton Ro‘ziboev, Mashrabjon Ro‘ziboev hamda Rahmatillo Sattorov ham oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik.
Ularning dastlabkisi o‘z jangini o‘tkazib ulgurdi. Ya’ni, 77.1 kg vazn toifasida oktagonga ko‘tarilgan hamyurtimiz Mashrabjon Ro‘ziboev mezbonlar vakili Aleksandr Zarkinga qarshi bahs yuritdi va birinchi raunding 18 soniyasidayoq texnik nokaut bilan raqibini taslim etdi.
Mazkur g‘alaba bilan hamyurtimizo‘ni tabriklaymiz!
Fikrlar