
Mashhur yulduz “Barsa”da bir oy ishladi xolos
Shu yilning 8 iyul kuni professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan Tyago Alkantara darrov “Barselona” murabbiylar shtabiga qabul qilingan edi.
O‘z davrida “Barselona”, “Bavariya” va “Liverpul”da o‘ynagan ispaniyalik charm to‘p ustasi Kataloniya klubiga tayinlangan yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikka yordam berishi belgilangandi. Sababi Tyago ispan, nemis va ingliz tillarini mukammal biladi va germaniyalik mutaxassisga o‘z ko‘rsatmalarini futbolchilarga tushuntirishda yordam berib keldi.
Kataloniya klubi matbuot xizmati Alkantara bir oy ishlaganidan keyin klubdan ketganini ma’lum qildi. Kelishuvga ko‘ra, Tyago murabbiylar shtabida uzoq ishlashni rejalashtirmagan. U Xans-Diter Flik ispanchani o‘rganib olishi bilan jamoadan ketishga qaror qilgan.
Endi Tyagoning o‘rnini “Barselona” o‘smirlar jamoasida ishlab kelgan Arnau Blanko egallaydi.
Fikrlar