Mashhur murabbiy Shomurodovga emas, Ronalduga ustozlik qiladigan bo‘ldi!

  • 19 sentabr, 2024, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkita mashhur jamoa - "Roma" va "An-nasr" bosh murabbiylarni alishtirdi. Krishtianu Ronalduni o‘zi safiga qo‘shib olganidan keyin Osiyoning eng mashhur klubiga aylangan “An-Nasr” jamoaga sovrinlarni olib berolmagan bosh murabbiy Luish Kashtruni iste’foga chiqargan edi.

Tecno

Saudiyaliklar portugaliyalik mutaxassis o‘rniga darrov undan mashhur mutaxassisni olib keldi. Riyodliklar jamoani italiyalik Stefano Pioliga topshirdi. 58 yoshli murabbiy “Milan”dagi besh yillik faoliyatidan keyin yozda iste’foga chiqqan edi. Tajribali mutaxassis ishiz uzoq o‘tirmadi.

“An-Nasr” Piolini bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Stefano Pioli “An-Nasr”da ikki yil faoliyat olib borishi kelishilgan. Tomonlar kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Piolining maoshi yiliga 12 million evroni tashkil qiladi.

Qizig‘i shundaki, Daniele De Rossini ishdan haydagan “Roma” shu kunning o‘zida bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqdi. Taklif qilinganlar orasida Stefano Pioli ham bor edi.

Italiyalik mutaxassisi Eldor Shomurodov jamoasi o‘rniga Krishianu Ronaldu to‘p surayotgan klubga borishni ma’qul ko‘rdi. Har holda rimliklar Pioliga saudiyalik shayxlar to‘layotgan maoshni taklif qila olmasligi aniq edi.

"Roma" esa, A Seriyada ishlab kelgan Ivan Yurichni tayinladi. Shomurodov endi xorvatiyalik mutaxassisning ishonchini oqlashga harakat qiladi. 

Ivan Yurichga jamoani Evropa Chempionlar ligasi olib chiqish vazifasi qo‘yildi.Agar tajribali murabbiy bu topshiriqni uddalasa, joriy mavsum oxiriga qadar tuzilgan shartnoma avtomatik tarzda uzaytiriladi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, "Verona", "Jenoa", "Krotone" kabi klublarda ishlagan. U yozda "Torino"ni tark etgan edi. Bu yog‘iga ilk bor grand klubda o‘zini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. 

Stefano Pioli esa, jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu yordamida “An-Nasr”ga uzoq kutilgan sovrin yutib berishga harakat qiladi.

Hayratdamiz, Husanov bu gal ham bopladi! Frantsiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?

“Lans”: Ular Husanovni tanlashdi! Abduqodir Manchesterga 60 million evroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...

“Lans” bosh murabbiyi Husanovga g‘alati ta’rif berdi. O‘yinchilar Abduqodirdan hayratda!

Shomurodovni "Roma"da olib qolgan murabbiy nega ishdan olindi?

Fayzullaev nega zo‘r o‘ynay olmayotgani sababini aytishdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!