Masharipovga qarshi uchrashuvni oxiriga etkazolmagan Neymar nimalar dedi?

  • 5 noyabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi Osiyo elit chempionlar ligasi doirasida Eronning “Istiqlol” jamoasini 3:0 hisobida engdi.

Tecno

Bu bellashuvning biz uchun muhim jihati shundaki, birinchidan hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov forslar tarkibida to‘liq o‘ynadi, ikkinchidan bir yildan ortiq jarohatini davolatgan Neymar maydonga tushdi.

58-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan braziliyalik yulduz uchrashuvni oxirigacha etkaza olmadi. 88-daqiqada oyoq mushaklaridagi og‘riq tufayli maydonni tark etdi.  

O‘yindan keyin Neymar ahvoli haqida ma’lumot berdi.

- Oyoqlarimda tomir tortishib qoldi va juda qattiq og‘riq berdi. Endi tekshiruvdan o‘taman va hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman. Bir yil o‘ynamaganimdan keyin bunaqa bo‘lishi odatiy holat. Shifokorlar meni  ogohlantirgan edi. Shuning uchun men ehtiyot bo‘lib, ko‘proq vaqt o‘ynashga harakat qilishim kerak, - dedi Neymar.

“Istiqlol”ga qarshi o‘yin Neymar jarohatdan qaytganidan keyin ikkinchi uchrashuvi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!