
"Mash’al"ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi, tez orada kim bosh murabbiy bo‘lishi oydinlashadi
“Mash’al” klubi bugun Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur o‘yinda Marat Bikmaev va Igor Chikrizovning gollariga “Mash’al” futbolchilari javob qaytara olmadilar.
"Mash’al": Shoxruh Eshbo‘taev, Jamoliddin Ubaydullaev, Muhammadali Aliqulov, Zafarbek Akramov, Siroj Qo‘ziev, Shahzod Shaymanov, Sardor Abduraimov, Samuel Ononivu, Doniyor Usmonov, Ifiani Ifiani, Xumoyun Murtozaev.
Shu bilan muborakliklarning poytaxtdagi yig‘ini yakuniga etdi.
Ma’lumki, kuni kecha ispaniyalik bosh murabbiy Serxio Marinangeli kutilmaganda iste’foga chiqarilgandi. Hozircha jamoani Dilyaver Vaniev boshqarib turibdi. Yaqin kunlar ichida “Mash’al” rahbariyati bosh murabbiy masalasida bir qarorga kelishi kutilyapti.
Fikrlar