
"Mash’al"ni tark etgan va yangi qo‘shilgan futbolchilar ma’lum. Ularning orasida legioner ham bor!
Muborakning “Mash’al” klubi yozgi yig‘inni o‘z qarorgohida o‘tkazdi. Tarkibda esa kutilganidek ayrim o‘zgarishlar ham yuz berdi.
Masalan, “So‘g‘diyona”dan Oybek Nurmatovning “Mash’al”ga ko‘chib o‘tgani borasida ilgari saytimiz orqali xabar berganmiz. Shuningdek, “Buxoro”ni tark etgan Qahramon Bahodirov ham yana “Mash’al”ga qaytdi. Qolaversa, nigeriyalik legioner klubga taklif qilingan.
PFL matbuot xizmati “Mash’al” tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar yuzasidan rasmiy ma’lumot tarqatdi. Unda jamoadan ketganlar, yangi shartnoma tuzganlar va vaqtincha tarkibdan chiqarilgan futbolchilar ro‘yxati keltirilgan.
“Mash’al” FK quyidagi futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirdi:
Muhammadali Aliqulov – 2022 yil oxiri
Dostonbek To‘xtaboev – 2022 yil oxiri
Najmiddin Normurodov – 2022 yil oxiri
Quyidagi futbolchilar “Mash’al” FK bilan shartnoma imzoladi:
Okvara Godvin Chika (Nigeriya) – 2023 yil oxiri
Oybek Nurmatov (“So‘g‘diyona”) – 2023 yil oxiri
Qahramon Bahodirov (“Buxoro”) – 2023 yil oxiri
Klub Ukeme Mitchel Uilyams bilan shartnomani bekor qildi.
Quyidagi futbolchilar vaqtincha klub ro‘yxatidan chiqarildi:
Asadbek Abdulhamidov
Saidahror Sotvoldiev
Shaxzodbek Hamidov
Begzod Axmadjonov
Fikrlar