
"Mash’al"da yangi murabbiy ish boshladi
“Mash’al” klubida hozircha rasman bosh murabbiy e’lon qilingani yo‘q. Ispaniyalik Serxio Marinangeli ketganidan beri uning joyi bo‘sh turibdi. Jamoani esa Dilyaver Vaniev shug‘ullantirmoqda.
Ko‘pchilikni “Mash’al”ga qaysi mutaxassisning bosh murabbiy etib tayinlanishi qiziqtiryapti. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, jamoaga yangi murabbiy taklif qilingan.
Bungacha asosan Sergey Lushchanga yaqindan yordam berib kelgan Muhiddin Ortiqov ayni paytda “Mash’al” jamoasida ekanligini aytish mumkin. Faqat u qanday lavozimni egallashi hozircha aniq emas. Balki klub rahbarlari yaqin orada bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qilishsa ajab emas.
Fikrlar