
"Mash’al" etakchisiga qaysi klublar xaridor?
“Mash’al” klubining sardori hamda etakchisi Sardor Abduraimov bu yilgi mavsumni ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazyapti.
Yodingizda bo‘lsa, klub qishda ushbu futbolchini xorijga sotishga uringandi. Unga Qatardan takliflar bor edi. Biroq yakunda tomonlar kelisha olmagandi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hozirda 25 yoshli Sardor Abduraimovga O‘zbekiston klublari xaridor. Jumladan, “Navbahor”, “Turon”, AGMK kabi jamoalar “Mash’al” yarim himoyachisiga ko‘z tikmoqdalar. Lekin muborakliklar amaldagi shartnomasi bo‘lgan ushbu futbolchisini xorij klubiga sotish haqida o‘ylayapti.
Sardor Abduraimov joriy mavsumda “Mash’al” safida Superliga doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar