
"Mash’al" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi
“Mash’al” klubi tarkibida kutilganidek o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Yaqinda xabar berganimizdek, ijaradagi futbolchilar – Humoyun Murtazoev bilan Sardor Abduraimov jamoaga qaytarilgandi.
Bulardan tashqari, Tojikistonning “Regar-TadAZ” jamoasida to‘p surgan hamyurtimiz Sardor Eminov “Mash’al” taklifini qabul qilgan holda muborakliklarning mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, u “Mash’al” bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.
Shuningdek, Bangladesh chempionatida faoliyat olib borgan iqtidorli hujumchi Akobir To‘raev ham endilikda “Mash’al” sharafini himoya qiladi. Ushbu o‘yinchi bilan esa uch yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Kuni-kecha jamoaning 35 yoshli darvozaboni Botir Nosirov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Shu bois uning o‘rniga “Dinamo” posboni Shoxruh Eshbo‘taev “Mash’al”ga jalb etildi.
Fikrlar