
Marselo, Isko va Beylning ketishi "Real" uchun qanchalik foydali?
“Real” yozda bir qator futbolchilari ketganidan keyin maoshlardan qancha pul tejab qolishi malum bo‘ldi.
ESPN muxbiri Mark Ogdenning so‘zlariga ko‘ra, shartnomalari 2022 yilning yozida tugaydigan Marselo, Isko va Garet Beylning ketishi bilan “Real” soliqlarni hisobga olgan holda ularning maoshlaridan haftasiga 1,8 million evroni tejashga muvaffaq bo‘ladi, bu esa yiliga 93 mln evroni tashkil qiladi.
Oldinroq Madridning “Real” klubi yuqoridagi futbolchilardan birortasi bilan shartnomani uzaytirish niyatida emasligi va bundan tashqari, Mariano Dias, Luka Yovich, Xesus Valexo, Dani Sebalos va Eden Azar kabi futbolchilardan qutulishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar