
Marko Milich "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi
Kuni kecha xabar berganimizdek, “Buxoro” klubiga serbiyalik himoyachi Marko Milich qo‘shilgandi.
Muxlislarimiz ushbu legionerni yaxshi bilishadi. 2018 va 2019 yilgi mavsumlarda u “Qo‘qon-1912” jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘tgan yili “Istiqlol” tarkibida to‘p surib, Tojikiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Endilikda 34 yoshli himoyachi yana yurtimizga qaytdi. “Buxoro” bosh murabbiyi Davron Fayziev himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida aynan ushbu legionerning xizmatidan foydalanishga qaror qildi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Milich bilan bir yillik shartnoma imzolangan.
Fikrlar