Mariya Sharapova: Homiladorligimdan so‘ng tennisga qaytmayman.

  • 11 oktabr, 2019, 15:19
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Eslatib o‘tamiz, Mariya jarohat tufayli Lintsdagi turnirda ishtirok eta olmadi.

Tecno
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Lints shahrida bo‘layotgan tennis musobaqasining matbuot-anjumanida ishtirok etdi.
 
"Hayotimda maqsadlarim ko‘p, biroq hali ham tennisni sevaman. Ochig‘ini aytganda, faoliyatimni yakunlashim haqila ham o‘ylab ko‘rdim. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Lekin homilador bo‘lganimdan so‘ng aniq tennisga qaytmayman.
 
Men onam bilan juda yaqinman. Men ham farzandim bilan shunday bo‘lishni xohlayman. Shuni ta’kidlash lozimki, hozir homilador emasman va bunday yangilik bo‘lsa yashirmayman", – dedi M.Sharapova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!