Mariya Sakkari birinchi to‘siqdan o‘tdi
Gretsiyalik tennischi Mariya Sakkari Mayami shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Mariya mazkur bosqichda serbiyalik Olga Danilovichga dastlabki setda 1:6 hisobida taslim bo‘lgan bo‘lsa, qolgan ikki setda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariq "Miami Open" turnirining ikkinchi davrasida Sakkari chexilik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.



Fikrlar