Marca TsSKAning qaysi legioneri La Ligaga o‘tishini ma’lum qildi

  • 12 aprel, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli manba – Marca nashri muharriri Xuan Kastro yaqin kelajakda TsSKAdan Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan futbolchi nomini e’lon qildi.

Tecno

Kastroning ta’kidlashicha, “armiyachilar”ning chililik hujumchisi Viktor Davila tez orada La Liga a’zosi bo‘lishi mumkin.

- Rossiya chempionatida yaqin kelajakda La Liga klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi bormi? Ha, bor. Bu TsSKAning chililik legioneri Viktor Davila. O‘ylashimcha, u tez orada La Liga jamoalaridan birida paydo bo‘ladi, - dedi Xuan Kastro.

Ta’kidlash joizki, TsSKA o‘tgan yozda hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Paxtakor”dan Abbosbek Fayzullaev va Meksikaning “Leon” klubidan Viktor Davilani transfer qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev ham kelajakda Ispaniya chempionatida to‘p tepmoqchi ekanini ta’kidlab keladi. 20 yoshli legionerimiz. “Barselona” va Lionel Messi muxlisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!