Maradonaning yaqinlari odam savdosida ayblanmoqda

  • 20 noyabr, 2021, 15:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kubalik Mayis Alvares afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning atrofidagilarga qarshi guvohlik berdi.

Tecno

Olé nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Alvares marhum futbolchining yaqinlari odamlarni ekspluatatsiya qilish, jumladan jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblagan.

Alvares Argentina Adliya va Inson huquqlari vazirligi vakillari bilan 2001 yil sodir bo‘lgan ushbu voqealar haqida taxminan uch soat suhbatlashgan. Avvalroq u Maradonaga nisbatan ham ayblovlarni ilgari surgan edi. Unga ko‘ra, Diego unga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Diego Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni vafot etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!