
Maradonaning so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi
Argentinalik futbol yulduzi Diego Maradona 25 noyabr kuni hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Diego ertalab uyg‘onganida ahvoli yomon bo‘lgan. U nonushtadan so‘ng, yana joyiga yotgan. Yaqinda miyasida operatsiyasi qilingan sobiq futbolchiga qarayotgan hamshira tez yordam chaqirtirgan. Lekin bu foyda bermadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Maradonaning so‘nggi so‘zi “Me siento mal”, ya’ni ispanchadan tarjima qilinganda “Men o‘zimni yomon his qilyapman” bo‘lgan. Diego yurak urishi to‘xtashi oqibatida mahalliy vaqt bilan soat 12:00ga yaqin vafot etgan.
Kuchli futbolchi qariganda ham zo‘r o‘ynaydi. Tyago Silva “Chelsi”dan zo‘r taklif oldi
“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi
Fikrlar