
Maoshing kesiladi!
“Yuventus” rahbariyati jamoada eng katta maosh olayotgan Pol Pogbaning yillik pulini kesishni rejalashtirmoqda.
Corriere Torino nashrining yozishicha, Turin klubi xo‘jayinlari frantsiyalik yarim himoyachining maoshini 6 million evroga tushirmoqchi.
Shartnomaga ko‘ra, Pogba har mavsum uchun 10,6 million evro olishi kerak. Bu maosh A Seriyada eng kattasi hisoblanadi.
“Yuventus” hozir moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazyapti. Pol Poba esa, ketma-ket jarohatlar tufayli ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lyapti. Shu bois, klub mutasaddilari uning maoshini 40 foizga kamaytirmoqchi.
Buning o‘rniga klub Pogbaga turli natijalar bo‘yicha bonus belgilashni taklif qiladi.
Fikrlar