
Manuel Noyer: "Barselona kecha bizdan ko‘ra shiddatli o‘ynadi"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasida "Barselona"dan uchralgan yirik mag‘lubiyat haqida gapirib o‘tdi.
"Ikkala jamoa ham tavakkalchilik bilan harakat qilishdi. Shuning uchun xatolar va o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik. Yarim himoyada faolroq va tajovuzkor bo‘lishimiz kerak edi. Chunki "Barselona"ning hujumida Rafinya kabi tezkor futbolchilar borligini bilardik. Ammo bugun shuning o‘zi etarli emas edi.
Shuni ham aytish kerakki, kataloniyaliklar ancha yillardan beri ilk marta o‘zaro bahslarimizda bizga qaraganda shiddatli o‘ynadi", - dedi "Bavariya" darvozaboni.
Fikrlar