
Manening transfer narxi va tibbiy ko‘rik sanasi ma’lum
"Bavariya" va "An-Nasr" Sado Manening transfer narxi bo‘yicha kelishib oldi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "Bavariya" senegallik vinger transferidan ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda, 28-30 million evro ishlab topadi.
Mane dushanba kuni Dubayda "An-Nasr" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.
Mane o‘tgan yozda "Bavariya"ga o‘tgan edi. 2022/23 yilgi mavsumda Sado 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar