
Mane, Son, Alli, Vardi... APLda noyabrning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar ma’lum
Angliya Premer Ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar nomi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Dele Alli ("Tottenxem"), Raul Ximenes ("Vulverxempton"), Sado Mane ("Liverpul"), Lis Musse ("Sheffild Yunayted"), Son Xyon Min ("Tottenxem"), Chaglar Seyunjyu va Jeymi Vardi (ikkalasi "Lester") nomzodlar qatoriga kiritilishdi.
Ma’lumot uchun, oyning eng yaxshi futbolchisi muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy Jeymi Vardi eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.
Fikrlar