
Manchini Italiyadan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Argentina va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi "Finalissima"da "Kopa Amerika" g‘oliblari 3:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdan so‘ng italiyaliklar bosh murabbiyi Roberto Manchini matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi: "Dastlabki ikki gol o‘zimizning xatolarimiz tufayli yuzaga keldi. Argentina to‘p bilan bizga qaraganda yaxshiroq muomala qildi.
Imkoniyatlarimiz ham u qadar ko‘p bo‘lmadi. Gol urish uchun ko‘proq harakat qilishimiz lozim. Hatto, o‘yinga intrigani qaytarish uchun ham etarlicha kurashmadik.
Argentinani sovrin bilan tabriklayman. Ularda muvaffaqiyat uchun ajoyib jamoa bor".
Fikrlar