Manchini A Seriya chempionligi uchun kuchli raqobat bo‘lishiga ishonmoqda

  • 29 sentabr, 2020, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining fikricha, yangi mavsumda A Seriya chempionligi uchun kurash keskin kechadi.

“Yuventus” hali ham eng mukammal tarkibga ega, ammo aminmanki, bu chempionat kutilmagan voqealarga boy bo‘ladi va skudetto uchun ko‘proq jamoalar da’vogarlik qiladi. O‘ylaymanki, "Inter", "Napoli", "Milan", "Roma", shuningdek, "Atalanta" bu mavsum eng yaxshi jamoalar qatorida ekanini tasdiqlaydi”, - deydi Manchini.

Aytish kerakki, Italiya chempionatida ketma-ket 9 mavsumdan buyon "Yuventus" g‘oliblikni hech kimga bermayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!