“Manchester Yunayted”ni yangi murabbiy tanladi

  • 20 may, 2024, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan Erik ten Xag o‘rniga boshqa bosh murabbiy tayinlashga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Saymon Mallok xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 54 yoshli niderlandiyalik mutaxassis “Manchester Siti”ga qarshi bo‘ladigan Angliya kubogi finalidan keyin iste’foga chiqarilishi kutilmyapti.

Klub xo‘jayinlaridan Jim Retkliff jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida ikki nomzodni tanladi. Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ga “Bavariya”ni tark etadigan Tomas Tuxel yoki ishsiz yurgan Grjm Potter ustozlik qilishi ma’qullandi.

Klub xo‘jayinlari “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasi tarixida eng yomon natija qayd etganini hazm qila olmayapti va katta o‘zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!