
“Manchester Yunayted”ga ko‘p gol uradigan hujumchi kerak
“Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Bosh murabbiy Erik ten Xagga ko‘p gol ura oladigan forvard kerak.
Insayder Nazar Kinsellaning ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Bavariya”da porlayotgan inglizlarning eng zo‘r to‘purari Harri Keyn darajasidagi hujumchini qidiryapti.
Hozircha, Erik ten Xag aniq bir nomzodga to‘xtalgani yo‘q.
Biroq mutaxassislar manchesterliklar “Napoli” forvardi Viktor Osimxenni ko‘zlayotganini taxmin qilyapti. Nigeriyalik hujumchi yaqinda klub bilan shartnomasini yangiladi va unga hujumchini 130 million evroga transfer qilish imkonini beruvchi band ham kiritildi.
Manchesterlik aynan mana shu bandda ko‘rsatilgan badal pulini to‘lab, Osimxenni APlga olib kelishi mumkin.
Fikrlar