“Manchester Yunayted”ga Fergyuson tavsiya qilgan murabbiy yoqmadi

  • 12 iyun, 2024, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy ser Aleks Fergyuson klubi rahbari Jim Retkliffga argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy qilib tayinlashni maslahat bergandi.

Tecno

The Times nashrining yozishicha, manchesterliklar bu mutaxassisni asosiy nomzodlar qatoriga kiritmagan.

Garchi klub mutasaddilari Maurisio Pochettino bilan muzokara o‘tkazgan bo‘lsa-da, argentinalik murabbiyga ishonch bildirmaydigan bo‘ldi.

Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasida “Tottenxem” va “Chelsi” jamoalarini boshqargan. Biroq chempionatda yuqori natijalarni  qayd eta olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!