
“Manchester Yunayted” yulduzi bir qarorga keldi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford klubni tark etish fikridan qaytdi. Klubning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan bo‘lgan Markus jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanishi kutilgandi.
Biroq, bu mavsum u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi va Krishtianu Ronalduning soyasida qolib keldi. Angliya terma jamoasidagi joyini ham yo‘qotgan 24 yoshli futbolchi vaziyatni o‘zgartirish uchun klubini almashtirishni rejalashtirgan.
“Manchester Yunayted”ga Erik ten Xagning bosh murabbiy qilib tayinlanishi Reshfordning qaroriga ta’sir o‘tkazdi. Angliyalik hujumchi niderlardiyalik murabbiy unga asosiy tarkibdan joy bersa, faoliyatini qadrdon klubida davom ettirishini bildirgan.
Reshford bu mavsumda bachra turnirlarda 25 ta o‘yinda to‘rtta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar