
“Manchester Yunayted” yulduzi jamoani tashlab, Ronalduning oldiga bormoqchi
“Manchester Yunayted” mavsumni kutilganidek boshlay olmadi. Hozirgi vaziyat ayrim futbolchilarning rejasini o‘zgartirib yubordi.
Football Transfers nashrining ma’lum qilishicha, jamoa himoyachisi Rafael Varan “Old Trafford”ni tark etishga qaror qildi.
Yozda 30 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublaridan chorlov bo‘lgandi. Biroq frantsiyalik futbolchi katta umidlar bilan “Manchester Yunayted”da qolishini bildirgan edi.
Endi uning fikri o‘zgardi. Bunga jamoa yuqori maqsadlar sari kurasha olmayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Rafael Varan “An-Nasr”ga borib, Krishtianu Ronaldu yonida mo‘may pul ishlashni ma’qul ko‘ryapti.
Fikrlar