“Manchester Yunayted” yulduz futbolchisini ogohlantirdi

  • 24 may, 2022, 14:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshfordga ba’zi cheklovlarni joriy qilmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, mankunialiklar futbolchining ijtimoiy tarmoqlarga ko‘p vaqt ajratayotganidan norozi. Rahbariyat buning o‘rniga undan bor e’tiborini futbolga qaratishini so‘radi. Agar ingliz forvardi klub qoidalariga rioya qilmasa, unda jazo qo‘llanilishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

24 yoshli angliyalik joriy mavsum “qizil iblislar” safida barcha musobaqalar doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

“Manchester Yunayted” 2021/2022 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Angliya Premer-ligasida 6-o‘rinni egalladi va kelasi mavsum Evropa Ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!