
"Manchester Yunayted" yozda APL klubidan zo‘r hujumchi sotib oladi
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "qizil iblislar"ning bu boradagi asosiy transfer maqsadlaridan biri "Sautgempton" hujumchisi Denni Ingz hisoblanadi.
“Manchester Yunayted” allaqachon 28 yoshli angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha “Sautgempton”ga taklif bilan murojaat qilgan. Aytish kerakki, “Yunayted” Ingzni o‘tgan yili sotib olish istagini bildirgan edi. Biroq yakunda ushbu reja barbod bo‘ldi va ular Odiona Igaloni ijaraga olishdi.
Denni Ingz joriy mavsum APLda 28 ta o‘yinda maydonga tudi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar