
“Manchester Yunayted” transfer bozorini “portlatmoqchi”
“Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Erik ten Xag klub rahbariyatidan “Chelsi” etakchisi Ngolo Kanteni transfer qilishni so‘radi, deb xabar bermoqda Daily Mirror nashri.
Niderlandiyalik murabbiy frantsiyalik futbolchi “Manchester Yunayted” o‘yini kuchaytira olishiga va o‘zi qo‘llaydigan taktik sxemalarga mos tushishiga ishonmoqda.
“Aristokratlar”ning Kante bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Londonliklar 31 yoshli futbolchini sotib yuborishga qarshi emas. Joriy mavsumda 40 o‘yinda ikkita gol va beshta assist qayd etgan o‘yinchi 50 million evroga baholanmoqda.
Kante “aristokratlar” safiga qo‘shilgunga qadar “Kan” va “Lester” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar