“Manchester Yunayted” top-murabbiy bilan muzokara boshladi

  • 6 may, 2024, 15:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari bosh murabbiy Erik ten Xag faoliyatidan to‘liq qoniqish hosil qilayotgani yo‘q.

Tecno

Mutasaddilar niderlandiyalik mutaxassis o‘rniga boshqa murabbiy olib kelish harakatlarini boshlab yubordi.

Transfer News Live nashri manchesterliklar “Bavariya”dan ketishga tayyorlanayotgan Tomas Tuxelga ko‘z tikayotganini yozdi. Manbaga ko‘ra, Angliya klubi germaniyalik mutaxassis va uning agenti bilan o‘zaro hamkorlik borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Asosan Germaniya va Frantsiyada faoliyat yuritgan 50 yoshli mutaxassis Angliya Premer-ligasida  ishlash tajribasiga ega. U 2021-2022 yillar davomida “Chelsi”ni boshqargan.

Uning qo‘l ostida “aristokratlar” UEFA Chempionlar ligasi, Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!