"Manchester Yunayted" Tchuameni uchun 90 million evro taklif qildi, "Real" esa ...

  • 21 noyabr, 00:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Kazemironing ehtimoliy ketishi fonida yarim himoyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Fichajes" portalining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" "Real Madrid" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni uchun rasmiy taklif yo‘llagan.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, taklif 90 million evrodan iborat bo‘lgan — 70 millioni kafolatlangan, yana 20 millioni bonuslar ko‘rinishida. Ammo "Real" bu taklifni qabul qilmagan, chunki klub 25 yoshli frantsuz futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas.

Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" Tchuameni transferi uchun yana bir necha urinish qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Ayni paytda MYu Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ettinchi pog‘onada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!