"Manchester Yunayted" sardori tarixiy uchrashuvini o‘tkazdi

  • 5 aprel, 2021, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” sardori Xarri Maguayr kecha Angliya premer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga (2:1) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.

E’tiborlisi, bu 28 yoshli futbolchi uchun “qizil iblislar” safidagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi. Maguayr MYuga 2019 yilning yozida “Lester”dan ko‘chib o‘tgan edi.

“Sheffild” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mauayr “Xall Siti” va “Uigan” kabi jamoalarda ham to‘p surgan. 2017 yildan buyon Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U terma jamoa safida hozircha 32 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan.

“Manchester Yunayted” 30 turdan so‘ng Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida 60 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 3-o‘rindagi “Lester” hisobida 56 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!