“Manchester Yunayted” qachon chempion bo‘ladi?

  • 20 iyul, 2020, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Rayan Giggz sobiq jamoadoshi Sulsher APLda muvaffaqiyat qozonishi uchun unga uchta zo‘r futbolchi kerakligini aytdi-yu, lekin bu o‘yinchilarning nomini sir tutdi.

Tecno

- MYu “Liverpul” va “Manchester Siti” darajasiga etishi uchun uchta transferni amalga oshirish kerak. Sulsher transfer bozorida juda zo‘r futbolchilarni topayotgani odamga umid bag‘ishlamoqda. Xususan, Brunu Fernandesh yaqinda kelganiga qaramay, etakchiga aylandi. Maguayr sardorlik vazifasini yaxshi uddalamoqda. Eng muhimi, kuchli futbolchi topish emas, ularni jamoa o‘yiniga kirishib ketishini ta’minlash. Sulsher ana shunday o‘yinchilarni topa oladi. “Manchester Yunayted” to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda, - dedi Rayan Giggz.

Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Manchester Yunayted”  transferlar vaqtida himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi olishga harakat qiladi. Xususan, manchesterliklar “Borussiya” vakili Jeydon Sancho transferini ijoyuiy hal qilish ostonasida turibdi.

“Manchester Yunayted”dan qaynoq transfer. Sulsher orzu qilgan futbolchi Manchesterga keladigan bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!