
"Manchester Yunayted" nechta o‘yindan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmayotganini bilasizmi?
"Manchester Yunayted" o‘z maydonidagi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.
Erik ten Xag jamoasi Angliya liga kubogi yarim finali doirasida "Nottingem Forest"ni 2:0 hisobida taslim etdi.
So‘nggi marotaba mankunialiklar 2022 yilning 16 oktyabrida "Old Trafford"da "Nyukasl" bilan durang o‘ynagan. Shundan so‘ng ular ketma-ket 12 uchrashuvda g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted"ni 2 kundan so‘ng APL doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yin kutib turibdi.
Fikrlar