
"Manchester Yunayted" maqsadiga erisha olmadi
"Manchester Yunayted" "Monako" himoyachisi Aksel Disasi bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo frantsuz klubi bunga rozi bo‘lmadi.
Monakoliklar 24 yoshli futbolchini hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha o‘z tarkibida saqlab qolishmoqchi. Transfermarkt portali esa Akselni 25 million evroga baholagan. Uning "Monako" bilan imzolagan mehnat shartnomasi esa 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Himoyachi joriy mavsum “Monako” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar