
"Manchester Yunayted" Madriddan darvozabon olib kelmoqchi
Sloveniya terma jamoasi va "Atletiko Madrid" jamoasining darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliya Premer-ligasi davom ettirishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlayotgan klub "Manchester Yunayted" bo‘lib turmoqda. "Qizil iblislar" Oblakka uch yillik shartnoma taklif qilib, unga "matraschilar" safidagidan ko‘proq maosh to‘lashmoqchi.
Sloveniyalik posbonning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyida yakunlanadi. "Transfermarkt" mutaxassislari uning transfer narxini 25 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda La Ligada Oblak 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar