
"Manchester Yunayted" Lukakuga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Lion" klubi darvozaboni Mussa Dembele "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar 22 yoshli frantsiyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Romelu Lukakuga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ta’kidlash lozimki, MYu bu borada "Arsenal" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Boisi, “kanonirlar” ham Dembele uchun kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Lion” Dembeleni o‘tgan yoz Shotlandiyaning “Seltik” klubidan sotib olgan edi. U joriy mavsum 40ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar