
“Manchester Yunayted” Luis Enrike bilan urishib qolgan yulduzni olib ketadi
PSJda yangi mojaro boshlangan. Jamoa etakchisi Usmon Dembele bosh murabbiy Luis Enrike bilan urishib qoldi.
Ispaniyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchini jamoadan chetlatdi va klub rahbariyati buni ma’qullaganini bildirdi. Luis Enrikening xarakteridan kelib chiqib, endi u o‘ziga qarshi borgan Usmon Dembeleni qayta o‘ynatmaydi.
Bu vaziyatdan “Manchester Yunayted” foydalanib qolmoqchi. Angliyaliklar Dembele jamoani kuchaytira olishiga ishonmoqda va ayni paytda transfer shartlarini o‘rganishni boshlab yuborishdi.
TodoFichajes portalining yozishicha, bu transfer qishda amalga oshishi mumkin. 27 yoshli futbolchi uchun “Manchester Yunayted” 60 million evro to‘lashga tayyorligi aytilmoqda.
Fikrlar
DEMBELE XARAKTERI MUSR
BARSAGA XIYONAT QILDI
ENDI PSJGA
NAVBAT MYU ga
BORSA MUHITTI BUZADI BU